Prezident “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbirida ishtirok etmoqda

11:04 01 Aprel 2026 Siyosat
275 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbirida ishtirok etmoqda.

“Xalqimiz azal-azaldan Navroʻz kunlarida, oilasida farzand tugʻilganida tomorqasiga, maydon va xiyobonlarga, yoʻl chetlariga yaxshi niyat bilan koʻchat qadagan, gulu rayhonlar ekkan.

Biz xalqimizga xos bunday ezgu qadriyatlar zamirida besh yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirib, har yili 200 million tup koʻchat ekib kelyapmiz”, dedi davlatimiz rahbari.

Oʻtgan davrda 2 ming gektardan ziyod maydonda 942 ta yashil bogʻ va yashil jamoat parklari, 47 ta massivda “Yangi Oʻzbekiston bogʻlari” barpo etildi. Respublikaning togʻ, choʻl va adirlarida 256 ming gektar oʻrmon tashkil qilindi.

Orolning qurigan tubida 2 million gektar maydonda yashil qoplamali himoya oʻrmonzorlari yaratildi.

Shamol va qum-chang boʻronlari zararli taʼsirining oldini olish maqsadida 33 ta tumanda 60 kilometrli “yashil belbogʻ” hosil qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер