Prezident vaziyatni oʻnglash boʻyicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi
Foto: president.uz
Prezident huzurida energiya resurslari taʼminoti yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Bosh vazir A.Aripov va energetika vaziri J.Mirzamahmudovga bor imkoniyatlarni ishga solib, mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam koʻrsatadigan tizim yaratish topshirildi.
Kelgusida bunday vaziyatga yoʻl qoʻymaslik uchun hozirdan aniq choralarni belgilash, yaʼni qayerda gaz boʻlmasa, suyultirilgan gaz yoki koʻmir yetkazishni bugundanoq hal qilish vazifasi qoʻyildi.
Ikki oy muddatda xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelib, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha amaliy ishlarni boshlash vazifasi qoʻyildi.
Energiya taʼminotida qayerda uzilish boʻlgan boʻlsa, uning sabablarini koʻrsatib, oqibatlari qancha muddatda bartaraf etilishini odamlarga tushunarli tarzda yetkazish zarurligi qayd etildi.
Bugungi sovuq kunlarda qarzdorlik deb, xonadonlarni elektr va gazdan uzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi taʼkidlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring