Prezident va uning rafiqasi koronavirusga test topshirdi
Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani va uning rafiqasi koronavirusga test topshirdi. Tahlil salbiy natija koʻrsatdi. Bu haqda prezident rasmiy vakili Sodiq Sedikki maʼlum qildi.
Bundan avval Qobulda prezident saroyi 40 nafar xodimi koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar qilindi. Oʻtgan haftadan beri Gʻani hukumat majlislarida videoaloqa orqali ishtirok etmoqda.
“Prezident va birinchi xonim ixtiyoriy ravishda COVID-19 test topshirishdi. Ikkala natija ham salbiy. Prezident sogʻlom va hukumat kuchi bilan barcha yoʻnalishlarni boshqarmoqda. Uning ish muhiti xavfsiz va sogʻlom boʻlishini taʼminlash uchun barcha choralar koʻrilgan.“ — deb yozdi Sedikki “Twitter”da.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Afgʻonistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1092 ga yetdi, 36 kishi vafot qildi, 150 kishi sogʻaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring