Prezident Turkiyaga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 19-fevral kuni Anqaraga joʻnab ketdi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi tadbirlarini oʻtkazadilar.
Prezidentimiz Turkiya biznesining yetakchi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazishi, Turkiya Respublikasi Prezidenti Xalq kutubxonasining tantanali ochilish marosimida qatnashishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring