Prezident Toqayev ham Samarqandga yetib keldi
Foto: Bosh vazir matbuot kotibi / Telegram
Xabaringiz bor Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti boʻlib oʻtadi.
Shu munosabat bilan, bugun, 3-aprel kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan soʻng, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga joʻnab ketdi.
Avvalroq Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon hamda Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ham Samarqandga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring