Prezident Surxondaryoga joʻnab ketdi

10:19 01 Iyun 2021 Siyosat
1110 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga joʻnab ketdi.

Ikki kunlik amaliy tashrif davomida energetika, agrosanoat, savdo va qishloq xoʻjaligi loyihalari salohiyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirish rejalashtirilgan.

Anorchilik va ipakchilik viloyat iqtisodiyotining “drayveri”ga aylanib bormoqda. Safar dasturida ushbu tarmoqlar rivojiga alohida ahamiyat qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер