Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻistonga amaliy tashrifi yakunlandi
Foto: president.uz
Davlatimiz rahbari Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi majlisda ishtirok etib, nutq soʻzladi. Mintaqamiz mamlakatlari va YEI oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Sammit doirasida Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashuv ham oʻtkazildi.
Ostona xalqaro aeroportida Prezidentimizni Qozogʻiston Bosh vazirining oʻrinbosari - tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi kuzatib qoʻydi.
Davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring