Prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq soʻzlamoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari forum ishtirokchilarini samimiy qutlab, yildan yilga yaxshi anʼanaga aylanib borayotgan ushbu format doirasida yurtimizda dunyoning barcha qitʼalaridan yangidan-yangi ishonchli hamkorlar jam boʻlayotganini taʼkidladi.
Oʻtgan uch yil davomida mazkur forum ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish, eng dolzarb muammolarni muhokama qilish, ilgʻor gʻoya va yondashuvlarni ishlab chiqish uchun samarali muloqot maydoniga aylandi.
Bugungi tadbirda 93 ta davlatdan ikki yarim mingdan ortiq xorijiy mehmonlar kelgani ham forumning ahamiyati tobora ortib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi.
Bu oʻz navbatida, mamlakatimizda ortga qaytmas tus olgan islohotlarga, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga boʻlgan ulkan qiziqishdan dalolat beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring