Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga asosan Qirgʻizistonga gumanitar yordam koʻrsatiladi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qirgʻizistonlik hamkasbi Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqot davomida Baxtiyor Saidov Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga asosan, Oʻzbekiston tomoni Bishkek issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan avariya munosabati bilan Qirgʻizistonga zarur yordam koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.
Jumladan, Oʻzbekiston tomoni yordam sifatida Andijondan Oʻsh shahriga suyultirilgan gaz ballonlari joʻnatilishini maʼlum qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring