Prezident Shavkat Mirziyoyev Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyatlar hokimlariga qator topshiriqlar berdi

19:06 26 Oktyabr 2022 Siyosat
1240 0

Foto: president.uz

Bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflardan kelib chiqib, yigʻilish yakunida Prezidentimiz Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyatlar hokimlariga qator topshiriqlar berdi.

Jumladan:

— ikki oy muddatda 300 ta mahallada tibbiyot punktlarini tashkil qilish, kelgusi yil 1-martga qadar bunday tibbiyot punktlarini oilaviy poliklinikalardan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan 272 ta mahallada ham barpo etish;

— 30 ta oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalarini tashkil etib, ularni jihozlash, kelgusi yilda yana qoʻshimcha 140 ta oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalarini tashkil etish;

— ikki oy muddatda onalar va bolalar salomatligi boʻyicha uch yillik dasturni ishlab chiqish, unda tugʻruq boʻlimlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, tugʻruq oʻrinlarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish, bolalarda tugʻma nuqsonlarni oldini olish va erta aniqlash, maxsus dori vositalari bilan taʼminlash, Akusherlik-ginekologiya, Skrining va Reproduktiv salomatlik markazlarining yagona vertikal tizimini yaratishni nazarda tutish;

— xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan muzokara oʻtkazib, 640 ta tez yordam mashinasini xarid qilish;

— ikki oy muddatda barcha ixtisoslashgan markazlarda kamida 10 tadan yangi yuqori texnologik davolash usullarini joriy qilish boʻyicha dasturni qabul qilish;

— ikki oy muddatda tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini yaxshilash boʻyicha uch yillik dasturni ishlab chiqish, unda 1 ming 117 ta tibbiyot muassasasini qurish va kapital taʼmirlash, 668 tasining ichimlik suvi, issiqlik tizimi va elektr taʼminotini yaxshilash, 1 ming 870 tasiga 38 mingta yangi tibbiy jihozlar yetkazib berishni nazarda tutish topshirildi.

Vazirlar Mahkamasiga hamshiralarni oʻqitish va malakasini oshirish, mehnatiga haq toʻlash miqdorini oshirish, umuman, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish masalalarini oʻz ichiga olgan qaror loyihasini tayyorlashga topshiriq berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер