“Mahalla beshligi” yagona jamoa sifatida ishlamayotgani aytildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Mahalla beshligi” tizimi oʻz samarasini berayotgani qayd etildi. Lekin bu bilan toʻxtab qolmaslik, mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirish zarurligi taʼkidlandi.
Bugungi yigʻilishga qadar masʼullar mahallalarga borib, ulardagi haqiqiy holatni oʻrgandi, joylardan takliflarni toʻpladi.
Aniqlanganidek, “beshlik” yagona jamoa sifatida ishlamayapti, har biri oʻz vazirligiga hisobdor. Xususan, ijtimoiy daftarlardagi mablagʻlarni toʻgʻri taqsimlashda “beshlik”ning hamkorligi, mahalla raisining oʻrni bilinmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring