Prezident Samarqandga keldi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqandga tashrif buyurdi.
10-11-noyabr kunlari bu yerda yana bir nufuzli xalqaro anjuman - Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti boʻlib oʻtadi.
Tadbir oldidan, anʼanadagidek, Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi. Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.
Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring