Prezident Samarqand ahlini muborak ayyomlar bilan tabrikladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentimiz Narpay tumanida oʻtkazilgan yigʻilishda soʻzining yakunida yana bir muhim masalaga toʻxtaldi.
Shu haftada muborak Ramazon hayiti va Navroʻz bayrami keng nishonlanadi. Viloyat rahbariyatiga har bir mahalla, koʻcha va jamoat joylarida obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalar, nuroniylar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olish muhimligi koʻrsatib oʻtildi.
Bozorlar va yirik savdo markazlarida arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkasini tashkil qilish, umuman, odamlar bayramni koʻtarinki kayfiyatda, tinch va osoyishta muhitda qarshi olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish topshirildi.
Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun Samarqand ahlini muborak ayyomlar bilan tabriklab, barchaga sihat-salomatlik, kelgusi ishlarida kuch-quvvat tiladi.
Yigʻilishda viloyat va tuman hokimlari, boshqa mutasaddilarning hisobotlari tinglandi, Samarqand ahli bilan muloqot qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring