Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi
Foto: president.uz
Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Oxirgi ikki yilda jahonda oziq-ovqat inflyatsiyasi yiliga 15-20 foizdan pasaymayotgani, oʻsimlik yogʻi, sut va goʻshtning jahon narxi soʻnggi 30 yildagi, don mahsulotlari va shakar esa soʻnggi 10 yildagi eng yuqori darajaga koʻtarilgani qayd etildi.
Eksport-importda logistika, oʻgʻit va yoqilgʻi xarajatlari oshib ketgani ham oziq-ovqat narxlariga oʻz taʼsirini koʻrsatayapti. Tahlillarga koʻra, bu holat 2023-yilda ham, kelgusi yillarda ham saqlanib qoladi.
Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga 200 ming gektar yer ajratilgani, 500 ming gektar qoʻshimcha yerlar oborotga kiritilgani ichki bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish va eksportni koʻpaytirishga xizmat qilmoqda.
— Lekin, aholimiz soni oʻsib borayotgani, jahondagi nobarqaror vaziyat, logistikadagi uzilishlar oziq-ovqatni koʻpaytirish boʻyicha oldimizga yanada katta vazifalarni qoʻymoqda, — dedi davlatimiz rahbari.
Shu munosabat bilan viloyat, tuman hokimlari oziq-ovqatni koʻpaytirish, odamlarni band qilish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlarni izlashi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring