Prezident Qoraqalpogʻistonga joʻnab ketdi

10:21 15 Noyabr 2018 Siyosat
1989 0

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rahbarlik faoliyatida oʻziga xos imiji, hayotiy prinsiplari bor. Bular – xalq ichiga kirib, odamlar hayotini bevosita koʻzdan kechirish, ular bilan muloqot qilib, talab va istaklarini eshitish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan joyida tanishib, dolzarb masalalarni hal qilish, istiqbolga moʻljallangan vazifalarni belgilab berish.

Shuning uchun davlatimiz rahbari mamlakatimiz hududlariga tez-tez safar qiladi. Shunday safarlarning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda. Bu gal ham ilk manzil Qoraqalpogʻiston.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Nukusga joʻnab ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер