Prezident Qoraqalpogʻistonga keldi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida 30-mart kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga keldi.
Tashrif davomida yangi korxonalar ishga tushirilib, respublikada sanoatni rivojlantirish yoʻnalishlari belgilanadi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining yoshlar bilan muloqot qilishi, mahallalardagi ishlarni koʻzdan kechirishi hamda madaniy tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring