Prezident Qashqadaryoga joʻnab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Uzbekistan GTL” zavodining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Qashqadaryo viloyatiga joʻnab ketdi.
Ushbu majmua Oʻzbekistonda yangi sanoat davrining ifodasi, deb baholanmoqda. Yangi zavodda Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani asosida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqariladi.
Tashrif chogʻida Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasiga ham tamal toshi qoʻyiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring