Prezident Konstitutsiyamizdagi umumiy normalar haqida gapirdi

13:43 20 Iyun 2022 Siyosat
379 0

Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvi davom etyapti.

“Chet elda bilim olayotgan, mehnat qilib daromad topayotgan yurtdoshlarimizni, ularning mamlakatimizda yashayotgan oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqdik. 

Bunday faoliyat hech qachon toʻxtab qolmasligi uchun Konstitutsiyamizga davlat chet elda yashayotgan va ishlayotgan fuqarolarimiz hamda vatandoshlar bilan muntazam aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish haqida gʻamxoʻrlik qiladi, degan qoidani kiritish darkor.

Biz uchun inson salomatligi – millat hayotining davomiyligini taʼminlash, uning genofondini saqlash, barqaror milliy strategiyamizning muhim tarkibiy qismidir.

Bu maqsadlarga erishish uchun, menimcha, Konstitutsiyamizda belgilangan “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”, degan umumiy norma yetarli emas.

Bu moddani kengaytirib, toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllanadigan normalar bilan boyitish shart, deb hisoblayman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер