Prezident investitsiyalar sohasida ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi

18:16 11 Iyul 2023 Siyosat
798 0

Hukumat komissiyasi hududlarda bo‘lib, iqtisodiyotga katta turtki beradigan 97 ta yirik sanoat loyihasini shakllantirdi. Bu loyihalar yer va kredit masalalarini hal qilish orqali 6,7 milliard dollarni o‘zlashtirib, 27 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Shu bois ushbu sanoat korxonalarini tezroq ishga tushirish uchun Hukumat komissiyasining vakolatlari kengaytiriladi.

“Takror  aytaman. Agar bu ishlarni hozirdan to‘g‘ri tashkil qilsak, iqtisodiyotimizda keskin o‘sish bo‘ladi, ish o‘rinlari va aholi daromadlari ko‘payadi”, dedi davlatimiz rahbari.

Ayni paytda vazirlar, hokimlar, tarmoq va bank rahbarlari elchilar hamda Hukumat komissiyasi oldida turgan vazifalar belgilab berilmoqda, mutasaddilarning axboroti tinglanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер