Prezident huzurida yangi palata tashkil etildi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasini tashkil etish toʻgʻrisida” farmonni imzoladi.
Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi va har bir hududda uning boʻlimlari tashkil etilmoqda.
Jamoatchilik palatasi jamoatchilik asosida ishlaydigan 50 nafar aʼzodan iborat boʻladi, ularning:
•18 nafari Prezident tomonidan tayinlanadi;
•18 nafari mahalliy NNTlar orasidan tanlab olinadi;
•14 nafari hududiy jamoatchilik palatalari vakillari.
Hududiy jamoatchilik palatasi jamoatchilik asosida ishlaydigan 21 nafar aʼzodan iborat boʻladi. Ular hududlarda faoliyat olib borayotgan NNTlar, ilmiy doiralar, OAVlar va keng jamoatchilik vakillaridan shakllantiriladi.
Aʼzolarning vakolat muddati — 3 yil.
Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi va Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi faoliyati tugatiladi.
“Mening fikrim” veb-portali Jamoatchilik palatasi tasarrufiga oʻtkaziladi.
Jamoatchilik palatasi:
•Fuqarolik jamiyatining holati va rivojlanish tendensiyalari toʻgʻrisida yillik milliy maʼruzalar tayyorlaydi;
•Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish •hamda tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar beradi;
•Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda alohida qiziqish uygʻotadigan oʻta muhim va dolzarb masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqadi;
•Davlat organlariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan tushuntirish berish talabini yuborish huquqiga ega.
Jamoatchilik palatasi Raisi maqomiga koʻra vazirga, uning 3 ta oʻrinbosari esa vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Jami shtat birligi – 115 nafar.
Jamoatchilik palatasi apparati Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat koʻchasi, 1A-uy manzilida joylashadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring