Prezident Fargʻonada boshlangan tajribani barcha hududlarda yoʻlga qoʻyish uchun yil yakuniga qadar “safarbarlik” eʼlon qildi

22:09 27 Iyul 2023 Siyosat
567 0

Фото: Президент Матбуот хизмати

Beshariqda aniqlangan ana shu zaxiralar hisobiga, joriy yilda 100 million dollarlik 19 ta yirik loyihani boshlash va qoʻshimcha 10 milliard soʻm soliq tushumini taʼminlash uchun barcha imkoniyatlar bor.

Bu orqali joriy yilning oʻzida 14 ming aholi doimiy ish joyi, daromad manbaiga ega boʻladi.

Prezident Fargʻonada boshlangan ushbu tajribani barcha hududlarda yoʻlga qoʻyish uchun yil yakuniga qadar “safarbarlik” eʼlon qildi.

Har bir tuman uchun yil yakunigacha kamida 100 million dollardan investitsiya jalb qilish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Xususiy loyiha tashkilotlarini olib kelib, Fargʻonadagi barcha tumanlarning master-rejalarini ishlab chiqish, yerlarning bozor qiymatini aniqlab, tadbirkorlarga taklif qilish vazifasi qoʻyildi.

Minimal isteʼmol xarajatlari miqdori 500 ming soʻmdan 570 ming soʻmga oshirilgani sababli Fargʻonada yana 9 ming oila kambagʻal toifasiga qoʻshildi. Shu bois mutasaddilarga ushbu oilalarning har biriga hokim yordamchilarini biriktirib, ularning daromadini oshirish choralarini koʻrish topshirildi.

Fargʻonada aholiga dehqonchilik uchun auksionga chiqarilib, talabgor aniqlanmagan 1 ming 157 gektar ekin yerlarini aholi uchun qulay hududlarga almashtirish, bu yerlarda kamida 15 ming ish oʻrni yaratishga koʻrsatma berildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari viloyatda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish masalasiga alohida toʻxtalib, bu boradagi ishlar ahvoli qoniqarsizligini tanqid qildi. Faoliyatida yoʻl qoʻygan kamchiliklar uchun Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi M.Joʻrayev lavozimidan ozod etildi.

Yigʻilish yakunida hudud va sohalar rahbarlarining hisoboti tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер