Prezident Andijonda taʼziyali xonadonga kirib oʻtdi
Videodan kadr
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yigʻilish oʻtkazganidan soʻng yoʻlda keta turib, taʼziyali xonadonga koʻzi tushdi.
Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni – Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim boʻlayotgan edi.
Davlat rahbari taʼziyada qatnashib, xonadon egalaridan koʻngil soʻradi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring