JCH-2018. Ronaldu Portugaliyaga g‘alaba keltirdi

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining 2-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv nihoyasiga yetdi. V guruhidan o‘rin olgan o‘yinda Portugaliya Marokash terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Krishtianu Ronaldu burchak to‘pidan so‘ng amalga oshirilgan kombinatsiyani boshi bilan darvozaga aniq zarba yo‘llagan holda yakunladi. Bu gol uchrashuvda yagona bo‘lib qoldi.
Portugaliya ikkinchi uchrashuvda bu mundialdagi dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritib, ochkolari sonini 4taga yetkazib oldi. Marokash esa ketma-ket ikkita uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrab, xuddi Misr singari deyarli keyingi bosqich yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.
JCH-2018
В guruhi, 2-tur
Portugaliya – Marokash 1:0 (1:0)
Gol: Ronaldu (4).
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Gonsalu Gedesh, Bernardu Silva (Jelson Martinsh, 59), Joau Mariu (Brunu Fernandesh, 70), Ronaldu.
Marokash: Muhammadi, da Koshta, Benatiya, Hakimi, Dirar, Belhanda (Karsela-Gonsales, 75), Bussufa, Ziyosh, El-Ahmadi, Amrabat, Butaib (El-Kaabi, 69).
Ogohlantirish: Benatiya (40).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring