Portugaliya yirik hisobda gʻalaba qozondi, Ronaldudan dubl
6-sentyabr kuni Yevropa mintaqasida Jahon chempionati saralash bosqichi oʻyinlari davom ettirildi.
“F” guruhidan oʻrin olgan bahsda Portugaliya terma jamoasi Yerevanda Armanistonga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv mehmonlarning yirik — 0:5 hisobdagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gollar mualliflari: Krishtianu Ronaldu (2 ta), Joau Feliks (2 ta) va Joau Kanselu.
“Sofascore” portali futbolchilarning oʻyinini quyidagicha baholadi:
Joau Kanselu — 9,4 ball,
Joau Feliks — 9 ball,
Krishtianu Ronaldu — 7,9 ball.
Shu tariqa dastlabki turda gʻalaba qozongan Portugaliya oʻz guruhida peshqadamlikni qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun, jamoa saralashdagi keyingi uchrashuvini 9-sentyabr kuni Vengriyaga qarshi oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring