Polvonlarga bosh sovrin – “Spark” avtomobili kaliti topshirildi
Musobaqada Indoneziya, Tojikiston va Qozogʻiston hamda yurtimizning 60 dan ortiq sara polvonlari uch vazn toifasida kuch sinashishdi.

73 kilogramm vaznli polvonlar oʻrtasida kechgan murosasiz bahslarda andijonlik Rahmatilla Nuriddinbekovga teng keladigan raqib topilmadi. 90 kilogramm vaznda samarqandlik Muhammadali Shamsiddinov birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 90 kilogrammdan ogʻir vaznli polvonlar bellashuvida mutlaq gʻoliblik xorazmlik Boltaboy Boltayevga nasib etdi.

Ushbu polvonlarga musobaqaning bosh sovrini – “Spark” avtomobillarining kaliti topshirildi.
Shuningdek, musobaqaning 2-3 oʻrin sohiblari, faol kurashgan sportchilar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston kurash federatsiyasining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Umid SORIYEV
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring