"Polvonlar sulolasi" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Bugun Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘i “Chinor tagi” istirohat bog‘ida etnosport turlari bo‘yicha “Polvonlar sulolasi” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan polvonlar - “Yosh polvonlar”, “Dorbozlik san’ati”, “Katta polvonlar”, “Jamoaviy chiqishlar”, “Simdor” yo‘nanishlari bo‘yicha kuch sinashdilar.
Ushbu o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda 100 ga yaqin polvonlar ishtirok etdi.
Musobaqa yakuni bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar viloyat Sport boshqarmasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring