Pokistonning sobiq bosh vaziri terrorizmda ayblanmoqda
Foto: The Times of India
Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xonga qarshi terrorizmga qarshi qonun boʻyicha ayblov eʼlon qilindi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Bunga Xonning shanba kuni Islomoboddagi chiqishi sabab boʻlgan. Unda u politsiya va sudyani sudga berish niyatida ekanligini maʼlum qilgan va hibsga olinganidan keyin yaqin yordamchisi qiynoqqa solinganini daʼvo qilgan.
Sud sudyasi Ali Javed Islomoboddagi mitingda boʻlgan va Xon Pokiston politsiyasi bosh inspektori va boshqa sudyani tanqid qilganini eshitganini aytgan. Uning guvohligi Xonga qarshi ayblovlar bilan hisobotga kiritilgan.
The Guardian nashrining yozishicha, sobiq bosh vazir hozircha hibsga olinmagan va unga qoʻyilgan ayblovlarga javob bermagan. Nashrning yozishicha, Xon bir necha yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Imron Xon boshchiligidagi partiya sobiq hukumat rahbari tarafdorlari “politsiya unga yetib borishiga yoʻl qoʻymaslik” uchun uning uyini oʻrab olgani aks etgan videoni eʼlon qildi. Dushanba kuni ertalab yuzlab odamlar hali ham u yerda ekani xabar qilinmoqda.
Islomoboddagi mitingdan soʻng Pokiston matbuot xizmati telekanallarga Xon ishtirokidagi jonli koʻrsatuvlarni koʻrsatishni taqiqladi. Shu bilan birga, uning partiyasi YouTube va Facebookʻda jonli efirga chiqishga vaʼda berdi. Biroq, koʻplab pokistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bir kun avval videoxostingga kirishda muammolar borligi haqida xabar berishdi.
Eslatib oʻtamiz, Imron Xon ishonchsizlik votumi ortidan lavozimidan chetlashtirilgan edi. Milliy majlisning 342 deputatdan iborat 174 nafar aʼzosi Xonga qarshi ovoz bergan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring