Pokiston TIV Eronning Pokistonga hujumini noqonuniy deb atadi

17:09 17 Yanvar 2024 Dunyo
384 0

Foto: AP

Pokiston Eronning oʻz hududiga hujumini qabul qilib boʻlmaydigan va noqonuniy harakat deb hisobladi.

“Bu noqonuniy qadam mutlaqo nomaqbul va hech qanday asosga ega emas. Pokiston bu noqonuniy harakatga javob berish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Buning oqibatlari uchun javobgarlik Eronda boʻladi”, — deydi Pokiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) matbuot kotibi.

Shu oʻrinda Pokiston TIV zarba xalqaro qonunlarga va BMT Nizomiga zidligini qayd etdi.

Seshanba kuni Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi Pokistonning Eron bilan chegaradosh Balujiston muzofotida joylashgan “Jaysh al-Adl” terrorchilik guruhining asosiy bazasiga ballistik raketa va uchuvchisiz samolyotdan hujum uyushtirdi.

Manbada aytilishicha, bu Eron qurolli kuchlarining Pokiston hududiga birinchi raketa zarbasi hisoblanadi.

Oʻtgan yilning dekabr oyi oʻrtalarida Eron janubi-sharqidagi Siston va Balujiston muzofoti, Rask shahrida terakt sodir etilgan edi. Uning oqibatida kamida 12 nafar politsiyachi halok boʻlgan, yana yetti nafari yaralandi.

Terakt uchun masʼuliyatni Eronda terrorchi guruh deb tan olingan, aholisining asosiy qismi shia musulmonlari boʻlgan Eron Islom Respublikasi hukumatiga qarshi kurashayotgan sunniy “Jaysh al-Adl” guruhi oʻz zimmasiga oldi.

Eronning janubi-sharqida Afgʻoniston va Pokiston bilan chegarada joylashgan Siston va Balujiston muzofoti giyohvand moddalar savdosi va terrorizmga qarshi kurashayotgan chegarachilarning oʻlimi bilan bogʻliq mahalliy xabarlar yangiliklarda tez-tez tilga olinadi. Bu yerda ogʻir iqtisodiy, ekologik va diniy holat tufayli vaziyat yanada murakkablashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер