Poytaxtning 11 ta tumanida 500dan ortiq “post” tashkil etildi

09:14 07 Aprel 2020 Jamiyat
900 0

Foto: Тошкент шаҳар ИИББ

Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi 514 ta mahalla qoshida “Jamoatchilik nazorati maskani” tashkil etildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunday maskanlarda faoliyat yuritish uchun mahalla raisi, hududga qarashli profilaktika inspektori va uning yordamchisi, Fidokor yoshlar guruhi aʼzolari hamda mahalla faollaridan iborat guruh tuzilgan.

Har bir guruhga karantin sharoitida mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning oʻta zarurat yuzaga kelgandagina (kerakli boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon sotib olish) koʻchaga chiqishlarini hamda niqob taqmasdan harakatlanmasliklarini toʻliq nazorat ostiga olish vazifasi topshirilgan.

“Jamoatchilik nazorati maskani” aʼzolari tun-u kun mahallalarda yurib, fuqarolarning zaruratsiz tashqariga chiqmasligi va karantin tartib-qoidalariga amal qilishini taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер