Poytaxt hokimligi metroning yer usti liniyalari ostidagi tijorat binolarini sotish yoki ijaraga berishini maʼlum qildi

15:21 23 Noyabr 2023 Jamiyat
457 0

Yer usti metro liniyalari ostidagi foydalanilmayotgan yerlarning umumiy maydoni 100 ming kvadrat metrni tashkil etib, uning kamida 50 foizi tadbirkorlar uchun qoʻshimcha daromad nuqtasiga aylanishi mumkin.

Sinov tariqasida oʻtgan yilning oʻrtalarida 2-metro bekati yaqinida tijorat binolari ochildi. Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, uni 3- va 4-stansiyalar oraligʻida — aholi zichroq joylashgan hududlarda amalga oshirishga qaror qilingan.

Keyinchalik birinchi bosqichda “Rohat” aylanma yoʻligacha, ikkinchi bosqichda esa “Rohat” aylanma yoʻlidan “Qoʻyliq” bozorigacha boʻlgan obyektlar tashkil etish rejalashtirilgan.

“Mazkur binolarni sotib olish yoki ijaraga olish narxi turar-joy majmualarining birinchi qavatlaridagi noturarjoy obyektlariga nisbatan “ancha hamyonbop” boʻladi. Bu yerda doʻkon, qahvaxona va oʻyin maydonchalari tashkil etish mumkin”, deyiladi hokimlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер