Poytaxt hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Mirhamidov Mirmuhammad Mirshahidovich Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Mirmuhammad Mirhamidov 1982-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos. Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Adliya katta maslahatchisi.
U 2006-yildan boshlab prokuratura tizimi organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2023-yildan bugungi kungacha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonuniylik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring