Piskentda suv toshqinining oldi olindi
Foto: .fvv.uz
Joriy yilning 26-may kuni soat 16:00 lar atrofida Toshkent viloyati Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga Toshkent viloyati Piskent tumanining Olmaliq shahri bilan chegaradosh boʻlgan “Namuna” MFY hududidan oqib oʻtuvchi anhorga daraxtlarning singan shox-shabbalari tushib, anhordagi suv yoʻlining toʻsilib qolganligi natijasida suv anhor qirgʻoqlaridan toshib chiqayotganligi, buning oqibatida aholi uy-joylariga xavf yuzaga kelayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga yetib borgan Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi qutqaruvchilari tomonidan yuzaga kelgan holatni zudlik bilan bartaraf etish choralari koʻrildi.
Qutqaruvchilarning tezkor amaliy harakatlari natijasida xavf bartaraf qilinib, yashash uylariga zarar yetishining oldi olindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring