Pirotexnika buyumlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

16:55 06 Yanvar 2024 Jamiyat
300 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan DXX va IBB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Fargʻona viloyatidan kelgan fuqaro A.X.ning boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda, jami 207 dona “Volk”, “Koralevskiy salyut” nomli umumiy bahosi 52,6 mln soʻmlik pirotexnika buyumlarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер