Pillani qayta ishlash korxonasi ishga tushirildi
Shovot tumanida “Shovot silk” MCHJ tomonidan pillani qayta ishlovchi yangi korxona ishga tushirildi. Natijada viloyatda bu yoʻnalishdagi turdosh korxonalar soni toʻrttaga yetdi.
Yangi korxonaning ish boshlashi munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda viloyat hokimi Farhod Ermanov, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi rais oʻrinbosari Hamid Ochilov, shahar va tumanlar hokimlari, soha tashkilotlari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring