“Pfizer” va “BioNTech” vaksinasiga qarshi yettinchi kuchli allergik reaksiya holati qayd etildi

00:19 25 Dekabr 2020 Dunyo
1068 0

Nyu-Yorklik mutaxassislar Qoʻshma Shtatlarda “Pfizer” va “BioNTech” kompaniyalari tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan koronavirus vaksinasiga qarshi paydo boʻlgan kuchli allergik reaksiya bilan bogʻliq yana bir holatni tekshirishmoqda.

“Newsweek” jurnali maʼlumotiga koʻra, shaharda 30 mingdan ortiq aholi koronavirusga qarshi emlangan. Kuchli allergik reaksiya vaksina kiritilgandan soʻng tibbiyot xodimida paydo boʻlgan. Ushbu hodisa Nyu-Yorkda birinchisi, butun AQSH boʻylab esa yettinchisidir. Qolgan olti holat toʻgʻrisida 19-dekabr kuni mamlakatning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazi veb-saytida maʼlum qilingan.

“Vaksinalardan foydalanish nojoʻya taʼsirlar hamda allergik reaksiyalar paydo boʻlishiga olib keladi va bunday holatlar uchrab turadi”, deb izoh bergan shahar Sogʻliqni saqlash va ruhiy gigiyena boshqarmasi.

Qayd etilishicha, ushbu preparatni ishlab chiquvchilar bunday holatlar kamdan-kam uchrasa-da, yuz berishini yashirishmagan. Tegishli ogohlantirishlar klinik sinovlar va vaksinalarni sertifikatlash toʻgʻrisidagi hisobotlarda ham keltirilgan.

Avvalroq AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika vositalarining sanitariya nazorati idorasi (FDA) mamlakatda ilgari tasdiqlangan vaksinaga nisbatan qayd etilgan beshga yaqin allergik reaksiya holatini oʻrganayotganini maʼlum qilgandi. Taʼkidlanishicha, nafaqat “Pfizer” vaksinasi, balki “Moderna” vaksinasining ham bir qismi boʻlgan poliyetilenglikol deb nomlangan kimyoviy modda allergik reaksiyaga sabab boʻlishi mumkin.

11-dekabrda Sogʻliqni saqlash va aholiga xizmat koʻrsatish vazirligining Oziq-ovqat va farmatsevtika vositalarining sanitariya nazorati idorasi mamlakatda allaqachon qoʻllanilishi boshlangan “Pfizer” va “BioNTech” vaksinasini maʼqullagan, Sogʻliqni saqlash va aholiga xizmat koʻrsatish vaziri Aleks Azar dekabr oxirigacha 20 mln, yanvar oxirigacha esa 50 mln amerikalik ushbu vaksinani olishiga umid bildirgandi.

18-dekabr kuni FDA “Moderna” kompaniyasining yangi koronavirusga qarshi vaksinani favqulodda vaziyatda tezlashtirilgan holatda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizasini maʼqullagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер