Peshkoʻ tumaniga yangi hokim tasdiqlandi
Xalq deputatlari Peshkoʻ tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrildi.
Sessiyada Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Qahhorov Vahob Hamidovich Peshkoʻ tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Tumanning sobiq hokimi Amrullo Nazarov viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlanganligi sababli Peshkoʻ tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring