Peruliklardan odam gavjum joylarda ikkita niqob taqish shartligi talab qilinmoqda. Ammo...
Peru hukumati tomonidan mamlakat aholisidan jamoat joylarida birdaniga ikkita niqob taqishni talab qiladigan hujjat imzolandi.
Unda peruliklar savdo markazlari, doʻkonlar, supermarketlar, bozorlar, dorixonalar kabi odamlar gavjum joylarga kirishdan oldin ikkita niqob kiyishlari shartligi belgilab qoʻyilgan. Bundan tashqari, yuzni himoya vositasi bilan qoʻshimcha ravishda yopish tavsiya etilgan.
Avvalroq, Peru milliy sogʻliqni saqlash instituti tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda tibbiy va mato niqobni taqib yurishni 78 foiz koronavirusdan himoya qilishi maʼlum boʻlgan edi.
Isroildagi Shamar Asaf A-Rofe kasalxonasining terapiya boʻlimi boshligʻi, yuqumli kasalliklar shifokori Galina Golsman esa ikkita niqob taqishning foydasidan zarari koʻp boʻlishi mumkinligini aytib oʻtgan edi. Uning aytishicha, mavjud ilmiy dalillar nuqtayi nazaridan ikkita niqob taqish oʻzini oqlamaydi. Bu saolbiy salbiy yon taʼsirlarga sabab boʻlishi mumkin.
“Har bir narsaning salbiy taʼsiri boʻlishi mumkin. Chunki odam nafas olganda karbonat angidrid gazini chiqaradi. Bir tomondan, ikkita niqob, albatta, himoya qiladi, virusning kamroq zarralari ular orqali oʻtishi mumkin. Ammo boshqa tomondan, odam kam kislorod bilan nafas oladi. Buning natijasida burun atrofida karbonat angidrid miqdori koʻpayadi, oqibatda charchoq, uyquchanlik va qonda karbonat angidrid ortib ketishi mumkin”, deydi mutaxassis.
Shifokor virusdan himoyalanishda “N95” niqoblaridan foydalanishni tavsiya qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring