“Persepolis” jamoasi magʻlubiyatga uchradi
Kecha, Eron Gulf Pro ligasining 20-turi doirasida “Persepolis” jamoasi Anzali shahrida “Malavan” jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 1:0 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda kiritilgan yagona golga 11-daqiqada Muhammad Javod Muhammadiy mualliflik qildi. Ushbu magʻlubiyatdan soʻng, “Persepolis” jamoasi turnir jadvalida 1-oʻrindan 4-oʻringa tushib ketdi. “Malavan” jamoasi esa 9-oʻrindan 7-oʻringa koʻtarilib oldi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining ikki aʼzosi Igor Sergeyev va Oston Oʻrunov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi. Igor Sergeyev oʻyinda toʻliq harakat qildi. Oston Oʻrunov esa 61-daqiqada Muhammad Amin Kazemianga almashtirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring