Pentagon Ukrainaga uchuvchisiz uchoqlarni yetkazib berishni mantiqsiz deb atadi
Foto: Reuters
Amerikaning “MQ-9 Reaper” dronlarini Ukraina Qurolli kuchlariga yetkazib berish Rossiya havo mudofaasi tizimlarining samarali ishlashi tufayli mantiqsizdir.
Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin AQSH Kongressi Senatidagi eshituv vaqtida aytib oʻtdi.
“Agar ushbu muhitda bu dronlardan foydalanishga harakat qilinsa, ular omon qolmaydi”, dedi vazir. Uning qoʻshimcha qilishicha u yer “MQ-9 Reaper”larning joyi emas.
Eʼtiborli jihati, AQSH armiyasi generali va Pentagon shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi Mark Milli ham Lloyd Ostinning soʻzlariga qoʻshilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring