Pensiyalarni naqd pulda olish borasida hech qanday cheklovlar kiritilmagan. Biroq...

11:57 21 Aprel 2020 Jamiyat
975 0

Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda pensiya toʻlovlarini plastik kartalarga oʻtkazish orqali toʻlash masalasi keng muhokama qilinmoqda. Shu oʻrinda buning asl mohiyatni toʻgʻri anglash maqsadga muvofiqdir.

Avvalo, bu masala maʼlum muddatda bosqichma-bosqich roʻyobga chiqariladi. Chunki axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yana-da takomillashib borayotgan bir paytda naqd pulsiz hisob-kitoblarning masofadan turib amalga oshiriladigan yangi turlari kengaya boradi.

Shu bilan birga, bu jarayonga parallel ravishda naqd pul olish imkoniyatini beradigan bankomatlar tizimi kengaytiriladi. Shuningdek, jahon tajribasida keng qoʻllanilayotgan naqd puldan foydalanishni minimal qisqartirishga erishiladi.

Lekin bugungi kunda pensionerlar oʻz pensiyalarini naqd pulda olishlariga hech qanday cheklovlar kiritilmaganini ham taʼkidlash joiz.

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining

Axborot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер