Pensiya jamgʻarmasi pensiya yoshidagi fuqarolarni ogohlantirdi

15:10 14 Fevral 2026 Jamiyat
308 0

Illyustrativ foto

Pensiya jamgʻarmasi soʻnggi kunlarda firibgarlar pensiya yoshidagi fuqarolarga notanish raqamlardan qoʻngʻiroq qilinib, ularning pensiyalari keyingi oydan oshirilishini aytib, plastik karta yoki pasport maʼlumotlarini soʻrayotganidan ogohlantirdi. Shu munosabat bilan fuqarolardan hushyor boʻlish soʻraldi.

Bildirilishicha, bunda firibgarlar oʻzini bank yoki Pensiya jamgʻarmasi xodimi sifatida tanishtiradi.

“Fuqarolarga “pensiyangiz keyingi oydan oshiriladi, buning uchun maʼlumotlaringizni va telefoningizga kelgan kodni aytsangiz pensiyangiz kartangizga tushadi, boʻlmasa oshmay qoladi” degan maʼnoda yolgʻon xabarlar orqali pensionerlarning ishonchiga kirishga urinishmoqda”, deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, shaxsiy maʼlumotlarni yoki telefonga keladigan kodlarni Pensiya jamgʻarmasi xodimlari soʻramaydi. Shu bois begona shaxslarga pasport, plastik karta yoki JSHSHIR raqami kabi shaxsiy maʼlumotlarni taqdim qilmaslik tavsiya qilindi.

Shu kabi vaziyatga duch kelganlar Pensiya jamgʻarmasining ishonch telefoni — 1271, yoki Ichki ishlar organlariga murojaat qilishi kerak boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер