Pekinda “Taraqqiyot Strategiyasi” markazi tomonidan Oʻzbekistondagi islohotlarga bagʻishlangan brifing oʻtkazildi

12:44 28 Mart 2023 Siyosat
572 0

Mamlakatimizning Pekin shahridagi elchixonasida “Taraqqiyot Strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirokida Oʻzbekistondagi yangilanishlar jarayoni, xususan konstitutsiyaviy islohotlarga bagʻishlangan brifing oʻtkazildi.

Tadbirda Xitoyning yetakchi tahliliy markazlari ekspertlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga mamlakatimizda soʻnggi yillarda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgarishlarning mazmun-mohiyati va ularning Oʻzbekistonning rivojlanishi uchun boʻlgan ahamiyati yoritib berildi.

Ushbu islohotlarning markazida, eng avvalo, inson qadr-qimmati, manfaatlari va huquqlarini taʼminlash va himoya qilish turgani alohida taʼkidlandi. Shu asnoda yigʻilganlarga oʻzgartishlar kiritilayotgan Konstitutsiyada inson haq-huquqlari, ijtimoiy himoya, ekologik huquqlar, taʼlim va yoshlarni qoʻllab quvvatlash, parlament rolini yanada kuchaytirish kabi koʻplab yoʻnalishlarda koʻzda tutilgan yangi oʻzgarishlar haqida axborot berildi.

Ishtirokchilar Oʻzbekistondagi islohotlar mamlakatning barqaror va jadal taraqqiyotini taʼminlashga xizmat qilayotganini eʼtirof etishar ekan, bu jarayonlar oʻz navbatida mintaqaviy rivojlanish uchun ham katta ijobiy taʼsir koʻrsatayotganini taʼkidlashdi.

Brifing davomida ishtirokchilar Oʻzbekistondagi islohotlar jarayoniga oid oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер