Pedagoglar sudga shikoyat qilganda davlat boji toʻlamaydi
Иллюстратив фото
“Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonun bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga quyidagi qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra:
Pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida oʻz shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish bilan bogʻliq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.
Shuningdek, pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Maʼmuriy sudlarga shikoyat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring