Pastdargʻomda bir biriga tutash qurilgan uylar yonib ketdi

13:37 11 Avgust 2021 Jamiyat
718 0

Bugun 11-avgust kuni soat 10:32da Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani «Mirzotoʻp» MFY, P.Xudoyberdiyev koʻchasida yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida favqulodda vaziyatlar boʻlimiga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 10:38 da voqea joyiga yetib borib, (Yongʻin oʻchirish qismdan yongʻin sodir boʻlgan manzilgacha masofa taxminan 8 km.ni tashkil etadi.) soat 11:03 da yongʻin oʻrab olingan va soat 11:34 da yongʻin batamom oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida bir biriga tutash qurilgan uylarda birinchisining 150kv.m. hamda qoʻshni uyning 10 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер