Partiya syezdiga delegatlar saylandi

12:06 31 Avgust 2021 Siyosat
791 0

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ majlislar zalida boʻlib oʻtgan konferensiyada OʼZLIDEP Qashqadaryo viloyati tuman va shahar Kengashlari faoliyati tahlil qilindi. Xususan, 2020-yilning 1-yanvar holatida partiya aʼzolari soni 64 178 nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2021-yilning 1-avgust holatida bu koʻrsatkich 84327 nafarni tashkil etgani yoki oʻtgan davrda partiya aʼzolari soni 20149 nafarga koʻpaygani qayd etildi. Partiya aʼzolaridan 37588 nafari yoki 44,5 foizi xotin-qizlar, 45820 nafari yoki 54,3 foizi 30 yoshgacha boʻlgan siyosiy faol yoshlarda iborat ekani viloyatda partiyaning nufuzi oshib borayotganidan dalolat bermoqda.

Hozirda boshlangʻich partiya tashkilotlari soni 1074 tani tashkil etadi. Ulardan 580 tasi namunali hisoblanadi. Bu albatta, partiyaviy gʻoya va maqsadlarning bevosita joylarga yetib borayotgani hamda elektorat bilan oʻzaro aloqalarning mustahkamlanishida asosiy boʻgʻin - boshlangʻich partiya tashkilotlarining oʻrni oshib borayotganini koʻrsatmoqda.

Siyosiy Kengash Ijroiya qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni umumeʼtirof etilgan xalqaro tamoyillar asosida oʻtkazish uchun saylov jarayoni ishtirokchilarining milliy saylov qonunchiligi va xalqaro saylov standartlari boʻyicha bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan 1 oylik seminar-trening tashkil etildi. Ushbu mashgʻulotlarda 1000 nafardan ortiq kuzatuvchi va shuncha vakolatli vakillar, 200 nafarga yaqin volontyorlar oʻqitilib, saylov qonunchiligi bilan bogʻliq barcha nazariy va amaliy bilimlari oshirildi.

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlib oʻtadigan saylovda viloyat, tuman hamda shahar Kengashlari ishtiroki borasida belgilangan vazifalar hususida soʻz yuritildi, galdagi vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, Konferensiyada partiyaning navbatdagi Syezdiga delegatlar saylandi.

Yakunda faol deputat hamda partiya xodimlari viloyat Kengashining qimmatbaho sovgʻa-salomlari bilan ragʻbatlantirildi. Konferensiya ishtirokchilari «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudoyorova ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.

Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер