Parranda grippiga qarshi vaksinalarning birinchi partiyasini Finlyandiya oladi
Finlyandiya iyul oyidan boshlab Yevropa Ittifoqi tasarrufidagi parranda grippiga qarshi vaksinalarning birinchi partiyasini oladi. Bu haqda “Politico” nashri xabar berdi.
“H5N1” (parranda grippi)ga qarshi vaksinaning birinchi partiyasi 640 ming dozani oʻz ichiga oladi. Ushbu vaksina odamlarni parranda grippining soʻnggi halokatli shtammidan himoya qilishga qaratilgan.
Yevropa Ittifoqining Sogʻliqni saqlashdagi favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik koʻrish va javob berish boshqarmasi ushbu vaksina bilan taʼminlash uchun “CSL Seqirus” bilan shartnoma imzolagan. Shartnoma aniq shartlari kelasi haftagacha aniq boʻladi. Maʼlum qilinishicha, vaksina yetkazib beruvchi shirkat toʻrt yil davomida 15 ta mamlakatga 40 million dozagacha dori yetkazib beradi.
Vaksinaning birinchi partiyasini qabul qilish uchun Finlyandiya tanlangan. “CSL Seqirus” yangilangan preparatni ishlab chiqarishni, yetkazib berishni oʻz zimmasiga olgan.
Ushbu tashabbus Yevropa Ittifoqining parranda grippi epidemiyasiga tayyorgarlik koʻrishdagi muhim qadamidir. Ushbu vaksinalarni sotib olish orqali Yevropa Ittifoqi aholini virusdan himoya qilishni va uning tarqalishining oldini olishni maqsad qilgan.
Avvalroq dunyoda eng keng tarqalgan virusga qarshi vaksina ishlab chiqilayotgani haqida xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring