Para togʻ changʻisi boʻyicha terma jamoamiz aʼzolari Dubaydagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahirada para togʻ changʻisi boʻyicha “SKI Dubai” xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda.
Eʼtiborlisi, ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari sovrindorlar safidan oʻrin oldi. Jumladan, ayollar oʻrtasida Yulduz Maxmudova oltin, Asel Turdimuratova kumush, erkaklar oʻrtasida esa Firdavs Xudoyatov oltin medalga sazovor boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring