Para dzyudochilarimiz Xeydelberg Gran-prisining dastlabki kuni 4 ta medalni qoʻlga kiritdi
Foto: Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
Shu kunlarda Germaniyaning Xeydelberg shahrida para dzyudo boʻyicha IBSA xalqaro Gran-pri turniri boʻlib oʻtmoqda.
Musobaqada Oʻzbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda. Xalqaro turnirning dastlabki kuni 8 nafar hamyurtimiz bellashuvlarda ishtirok etdi. Yakunda ulardan toʻrt nafari sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, J-2 yoʻnalishi 73 kg. vazn toifasida bahslarda qatnashgan Feruz Sayidov kumush, Uchqun Quranboyev bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Ushbu yoʻnalishda Sherzod Namozov (60 kg) va Kumush Xodjayeva (57 kg) oʻz vazn toifasida kuchli uchlikdan joy oldi.
Bugun boʻlib oʻtatgan bellashuvlarda erkaklar oʻrtasida Turgʻun Abdiyev (J-1, 90 kg), Aziz Normoʻminov, Erkin Joʻrayev (J-1, +90 kg), Dovurxon Karamatov (J-2,) 90 kg), xotin-qizlar oʻrtasida Uljon Amireva, Hosiyatxon Poziljonova (J-1, 57 kg), Bibisora Usmonova (J-1, 70 kg), Firuza Ergashova (J-1, +70 kg), Mohunur Parmonova (J-2, +70 kg) himoya qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring