Pandemiya hali chekingani yoʻq — SSV
Kecha yurtimizda qariyb 300 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi, bir hafta oʻtib 8 nafar insonda pnevmoniya aniqlandi.
2021-yil 11-noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar jami soni 189186 nafarni tashkil etmoqda.
Kasallikdan sogʻayganlar jami 185301 (+274) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1351 nafarni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring