Pandemiya davrida mehnat migrantlari uchun tibbiy xizmat bepul

14:36 02 Iyun 2020 Jamiyat
1201 0

Rossiyaning Primore oʻlkasidagi majburiy tibbiy sugʻurta polisiga ega boʻlmagan mehnat migrantlari koronavirus pandemiyasi davrida davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiy xizmatlardan bepul foydalanishlari mumkin.

Maʼlum qilinishicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Primore oʻlkasi maʼmuriyati tomonidan shunday qaror qabul qilingan. Oʻlkaning barcha davlat tibbiy muassasalari rahbarlariga bu borada koʻrsatma berilgan.

Sababi majburiy tibbiy sugʻurta polisiga ega boʻlmagan chet el fuqarolari, xarajatlardan qochib, kasal boʻlgan taqdirda, koʻpincha tibbiy muassasalarga bormaydi, kasallikni yashirishga urinadi.

Majburiy tibbiy sugʻurta polisini sotib olish imkoni yoʻq chet elliklarning kasalxonada qolish va davolanish xarajatlari davlat byudjetidan qoplab beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер